Akademiya talabasi respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yurtimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Buning natijasi o‘laroq, sportchi yoshlar safi tobora kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi Shukurillo Komiljonov sog‘lom turmush tarziga amal qilib, sportning kikboksing turi bilan muntazam shug‘ullanib keladi.
Quvonarlisi, Akademiya talabasi kuni kecha Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Мusobaqada 73 kilogramm vazn toifasida qatnashgan Shukurillo Komiljonov murosasiz kechgan bellashuvlardan so‘ng 1-o‘rinni egalladi. Iqtidorli talaba mazkur natijasi respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi iqtidorli sportchi-talabaning erishgan yutuqlari bilan tabriklab, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tilaydi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish