Kitob – tafakkur gulshani
So‘nggi yillarda yurtimizda kitob mutolaasi va targ‘iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, mamlakatimizning barcha hududlarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan “Kitobxonlik – tafakkur gulshani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida filologiya fanlari doktori, dotsent Abdumurod Tilovov insoniyat tamaddunida kitobning tutgan o‘rni, adabiyot va zamon, kitobxonlik madaniyati xususida so‘z bordi. Allomalarning asarlaridan turli misollar keltirildi.
Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi kitobxonlikni yoshlar ongiga singdirish bilan bir qatorda ularning ma’naviyati va salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish