
“Ziyo-zukko” maktabi tomonidan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Ziyo-zukko” maktabida ham ana shunday bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan “Yakka-yu yagona najotimiz – ilm!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, umumta’lim maktabi direktori Nargiza Ismatova, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar mazkur bayram bilan yig‘ilganlarni muborakbod etarkan, bitiruvchilar kelajakda Vatanimiz kelajagiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishlarini ta’kidlashdi. Tadbir davomida o‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan turli kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Turli tillarda Vatan, ustoz, ota-ona haqidagi she’rlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish