Akademiya talabasi respublika esselar tanlovida taqdirlandi
Yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, zararli oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtiroki va daxldorlik fazilatlarini shakllantirish ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviy va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘limiz bilan bunyod etamiz” shiori ostida respublika esselar tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi tomonidan tanlovning Toshkent shahar bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining 2-bosqich talabasi Zahroxon Mahamadaminova “Jamiyatni yaxshilash yo‘lidagi eng yaxshi taklif bildirgan esse muallifi” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish