380

Akademiya talabalar teatr studiyasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining  Toshkent shahar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalar teatr studiyasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Tanlovda Akademiya vakillari O‘zbekiston san’at arbobi Jo‘ra Mahmudovning “Sadoqat” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklini yig‘ilganlarga taqdim etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Akademiya talabalar teatr studiyasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish