Akademiya o‘qituvchisi dolzarb mavzuda ma’ruza qildi
Bugun O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatori o‘z milliy qiyofasida, ya’ni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xalqimizning milliy mentalitetiga xos bo‘lgan ijobiy an’analar va qadriyatlarni saqlab qolgan holda maydonga chiqmoqda. Demokratik fuqarolik jamiyati qurish jarayonida jamiyatimizda yangicha siyosiy munosabatlar, yangicha siyosiy dunyoqarash, siyosiy madaniyat shakllanmoqda. Bu borada joylarda turli davra suhbatlari va tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova shu mavzudagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Yurtimizda 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini yuqori saviyada ta’minlash maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Jamiyatda siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy muhit barqarorligi hamda taraqqiyoti ayollarga, oilaga bo‘lgan munosabat va e’tibor bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritildi.
Bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida fikrlar almashildi. Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish