372

Hamkorlikdagi loyihalar muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova va katta o‘qituvchi Feruza Rasulova “Intilish” respublika axborot ta’lim markazida “O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ekstremizmning oldini olishga ko‘maklashish” mavzusidagi loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etdi.

Germaniyaning “German cooperation”, “DVV international” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilganda tadbirda loyihaning birinchi bosqich yakunlari ko‘rib chiqildi. Loyiha rahbari hamda ijrochilar loyiha mazmuni va faoliyatini yanada takomillashtirishda din psixologiyasi sohasi mutaxassislariga ehtiyoj katta ekanligi ta’kidlandi. Probatsiya xizmatida tashkil etilgan psixologik treninglar haqida ijobiy fikrlar bildirishdi.

Akademiya o‘qituvchisi Zebo Kasimova mazkur loyiha bo‘yicha kafedra mutaxassislari psixologik konsultatsiya, psixokorreksiya masalalarida yordam berishi mumkinligi hamda shu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini qayd etdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish