Davra suhbati mazmunli bo‘ldi
Bugungi kunda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb masaladir.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Go‘zallik va salomatlik sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Akademiya Xotin-qizlar sektori tomonidan tashkil etilgan tadbirda dietolog, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Mavjuda Zohidova, stilist Oydinoy To‘xtayeva talaba-qizlarga o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Tadbirda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish orqali inson salomatligi ta’minlanishi haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.
Tadbirda “Yosh psixologlar klubi” a’zolari ham treninglar bilan qatnashdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish