“Ramazon – muborak oy” festivali o‘zgacha shukuhda o‘tdi
Ayni paytda barcha mo‘min-musulmonlar uchun oylarning eng ulug‘i va barokatlisi bo‘lgan Ramazon oyi yurtimizda ham o‘zgacha shukuhda davom etmoqda. Bu muborak oyda yuksak insoniy fazilatlar, mehr-muruvvat, hamjihatlik, birodarlik kabi ezgu qadriyatlar yana bir pog‘onaga ko‘tariladi. Insonning nafaqat tani, balki ruhiyati ham poklanadi, yasharadi. Masjidlarda Qur’on xatm qilinib, Alloh taolodan yurtga tinchlik, odamlar o‘rtasida olijanob fazilatlar yanada kuchayishi, xayrli amallar so‘raladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etilgan “Ramazon – muborak oy” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy festivalda ham ana shu jihatga alohida ahamiyat qaratildi. Tadbirda Akademiya mutasaddilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Marosimni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayitini bilan barchani muborakbod etdi. Akademiya rektori o‘z nutqida davom etarkan, Ramazon oyi o‘zaro birdamlik, mehribonlik ko‘rsatadigan, insonlar bir-birlari haqida qayg‘uradigan oy ekanini ta’kidladi. Mazkur ayyomda yaqinlarni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, miskin-muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish zarurligini qayd etdi.
Tadbirda Akademiya talabalari tomonidan Qur’on nashidalari, muborak oy haqidagi she’r-qo‘shiqlar, foydali ma’lumotlar, Ramazon aytimlari taqdim etildi. Iqtidorli shoira-talabalar Muxtasar Karimova hamda Muslima Rasulovaning Ramazon haqidagi she’rlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Fayzli va shukuhli o‘tgan bayrami tadbiri barchaga ko‘tarinki kayfiyat taqdim etdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish