421

Mediasavodxonlikka bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy, harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan. Undan samarali foydalanish esa mamlakat xavfsizligi hamda jamiyat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Axborot maxsulotlarini qabul qilishda mas’uliyat bilan yondashish, mediasavodxonlik ko‘nikmasini shakllantirish davr talabidir.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida axborot maxsulotlarini mustaqil va mas’uliyat bilan qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzosi Saidafzal Saidjalolov talabalarga bugungi axborot asrida media maxsulotlardan foydalanish madaniyatini oshirish, mas’uliyat bilan yondashish, globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritib, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumki, zamonaviy mediamakonda yangi kashfiyotlar insonga o‘zining yutuqlari va imkoniyatlarini taqdim etishi bilan bir qatorda uning ma’naviyati, ma’rifati, asriy va milliy qadriyatlarining darz ketishiga ham olib kelmoqda. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari mavjud. Balki, kashfiyotlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida vujudga kelgandir. Nima bo‘lganda ham har bir millat o‘zining ertangi ishonchi, umidi, kelajagi bo‘lgan, eng katta boyligi yoshlarini asrab-avaylashi, vataniga sodiq, buyuk ajdodlariga munosib voris bo‘lib, kamol topishlariga bor kuch-imkoniyatini safarbar etishi zarur.

Shu nuqtai nazardan, o‘tkazilgan davra suhbatida ham talaba-yoshlarga axborot xavfsizligiga rivoya qilish, yangi asr kashfiyotlaridan to‘g‘ri, unumli va samarali foydalanish, axborot maxsulotlarini qabul qilishda mas’uliyat bilan yondashish, mediasavodxonlik ko‘nikmasini shakllantirish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Davra suhbati ma’ruzachi va talabalar o‘rtasida muloqot tarzida davom etdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish