
Ikki ta’lim maskani talabalari uchrashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Psixologiya (Din sotsiopsixologiya)ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti Dramatik teatri va kino san’ati fakulteti talabalari hamkorligida “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv davomida O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan Revizor spektaklidan parcha qo‘yib berildi, so‘ng qiziqarli savol-javob va improvizatsiya chiqishlari bilan talabalar o‘rtasida qizg‘in suhbat va tajriba almashinuvi o‘tkazildi.
Har bir kasbni yetuk mutaxassisi bo‘lish ortida mashaqqatli mehnat va bilim olish turgani, badiiy kitoblarni ko‘p mutolaa qilish foydali ekani haqida fikr almashildi.
Tadbirda O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti “Musiqali, daramatik va kino san’ati” kafedrasi dotsenti Zamira Ahmedova, O‘zXIA “Din psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova hamda fakultet tyutori Gulbahor Azimovalar ikki oliygoh talabalarini do‘stona uchrashuvini tashkillashtirib, talabalar tomonidan tushgan taklif, o‘rtoqlik uchrashuvlarini muntazam davom ettirishni bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish