Hamkorlikda onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi
O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, tarix fanlari nomzodi Kambarbekova Galiya Amzeyevna bilan hamkorlikda “Фихи ма фихи Джалаладдина Руми: от философских вопросов до социальных проблем” (Jaloliddin Rumiyning Fihi ma fihi asari: falsafiy savollardan ijtimoiy muammolargacha) mavzuida onlayn ilmiy seminar o‘tkazdi.
Mashg‘ulotda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda 5A70230301-matnshunoslik va adabiy manbashunolsik mutaxassisligi va 5A120102-Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrlar qatnashdi.
Onlayn seminarda professor Kambarbekova Galiya Amzeyevna Mavlono Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodiyoti haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning ‘Fihi ma fihi’ asari haqida batafsil to‘xtalib, asardagi 170 ta hikoya tarjimasi ustida ishlayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Mazkur hikoyalarning ba’zilari haqida alohida to‘xtaldi va ularga izoh berib, hozirgi kunda ular juda dolzarb ekanligini ta’kidladi. Mazkur hikoyalar birinchi marotaba qozoq tiliga tarjima qilinayotganligini ham qo‘shimcha qildi.
Seminar so‘ngida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi atroflicha javob berib, seminar tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, tarix fanlari nomzodi Kambarbekova Galiya Amzeyevna bilan hamkorlik doirasida kelgusida yana ma’lum mavzular doirasida video-onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilab olindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish