380

Qozog‘iston milliy universiteti bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi

Akademiya O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Gulnar Nadirova bilan hamkorlikda “Некоторые критические подходы в исторических исследованиях” (Tarixiy tadqiqotlardagi ayrim tanqidiy yondashuvlar) mavzuida onlayn ilmiy seminar o‘tkazdi. 

Mashg‘ulotda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda 5A70230301-matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi va 5A120102-Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrlar qatnashdi. 

Onlayn seminarda professor Nadirova Gulnar Yermuratovna bir qancha tarixiy voqealar jumladan tarixlar yozilishi jarayoni, ulardan shaxs va davlatlar o‘z manfaati yo‘lida noto‘g‘ri talqin etgan holda foydalanishi va ularning oqibati, davlat va jamiyatda din va firqalarning talqin etilishi va uning o‘rni hamda shu kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib,  mazkur mavzular borasida amalga oshirilgan tadqiqotlarga o‘z munosabatini bildirdi. 

Seminar so‘ngida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi atroflicha javob berib, seminar tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nadirova Gulnar Yermuratovna bilan hamkorlik doirasida kelgusida yana ma’lum mavzular doirasida video-onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazilishi belgilab olindi. 

Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun onlayn ilmiy seminar va mashg‘ulotlar o‘tishi bo‘yicha ham kelishib olindi.

Izoh qoldirish