125

Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, Shayx Alijon qori Haydarov tomonidan “Diniy soha xodimlarining mas’uliyati va ilmning o‘rni” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur malaka oshirish o‘quvlari O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun tashkil etildi. 

O‘quv mashg‘ulotiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham tashrif buyurib, tinglovchilarga diniy soha xodimlarining diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilishi belgilangan ishlardagi mas’uliyati, fuqarolar bilan ishlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, joylarda aholi bilan ishlashda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, mahallabay ishlashda faol ishtirok etish hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlarini o‘tkazishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zining muhim tavsiyalarini berib o‘tdi. 

O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslantirilgan javoblar olishdi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish