“Ziyo-zukko” umumta’lim maktabi direktori Nargiza Ismatova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

“Ziyo-zukko” umumta’lim maktabi direktori Nargiza Ismatova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” Prezident farmoni imzolandi.

Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun bir guruh faol va jonkuyar vatandoshlarimiz davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi.

Ahamiyatlisi, mukofotlanganlar ro‘yxatida “Ziyo-zukko ta’lim maskani” nodavlat ta’lim muassasasi direktori Nargiza Ismatovaning ham borligi Akademiya jamoasini behad quvontirdi. Malakali ustoz va mehribon rahbar Nargiza Ismatova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Nargiza Ismatovaning mazkur mukofot bilan chin dildan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafar va omad tilaydi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email