Toshkentda “Oʻzbekiston nodir qoʻlyozmalari” turkumidan faksimil nashrlar koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Toshkentda “Oʻzbekiston nodir qoʻlyozmalari” turkumidan faksimil nashrlar koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Ekspozitsiyada Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlar va shoirlar, buyuk mutafakkirlar asarlarining eng nodir namunalari oʻrin olgan.

“Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi renessans poydevori» V xalqaro kongressi doirasida qadimiy qoʻlyozma – Mirzo Ulugʻbekning “As-Sufiy” qoʻlyozmasi faksimil nusxasi jamoatchilikka taqdim etiladi.

Mazkur faksimil nusxa Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan Avstriyaning Mueller&Shindler nashriyot uyida chop etilgan. Shu munosabat bilan “Oʻzbekistonning nodir qoʻlyozmalari” koʻrgazmasi tashkil qilinadi. Unda Oʻzbekistonda, umuman Markaziy Osiyo hududida yaratilgan eng nodir qoʻlyozmalar namoyish qilinadi. Koʻrgazmada “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasi tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlar namoyish etiladi.

Mazkur loyiha doirasida dunyoning eng yirik kutubxonalari va muzeylarida saqlanayotgan, Oʻzbekiston madaniy merosi xazinasidan joy olgan bir qator qoʻlyozmalarning faksimil nusxalari yaratilib, yurtimizga olib kelindi. Ular orasida “Zafarnoma”, “Meʼrojnoma”, “Devoni Husayniy”, “Katta Langar Qurʼoni” singari kitobat sanʼatining noyob durdonalari bor.

Manba: “Xalq so‘zi online”


Print   Email