Qabul 2021:: (+998) 71 244-50-76, 244-96-13 This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. :           

        

Onlayn seminarda buyuk hanafiy olimlar e’tirof etildi

Onlayn seminarda buyuk hanafiy olimlar e’tirof etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Anqara universiteti ilohiyot fakulteti dotsenti, doktor Engin Erdem ishtirokida “Yaxshilik va abadiylik: Moturidiy va Dabusiy qarashlarida o‘lim va hayot tushunchasi” mavzusida malaka oshirish dasturi doirasida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Islom olamida mo‘tadil ta’limotni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan onlayn-ilmiy seminarda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari bilan bir qatorda sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan mahalliy va xorijiy tadqiqotchi olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Engin Erdem oʻz maʼruzasida ikki buyuk hanafiy olim Imom Moturidiy va Abu Zayd Dabusiylarning diniy nuqtai nazardan hayot va oʻlim haqidagi qarashlari borasida soʻz bordi. Birinchi navbatda Moturidiy va Dabusiyning dalilga asoslangan diniy qarashlarining umumiy mazmuni haqida so‘z yuritdi.

Seminar qatnashchilari anjuman davomida aqidaviy muammolarni hal etishda bu yo‘nalishdagi ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish taklifini bildirishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 


Print   Email

Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REKVIZITLАR
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi
STIR(INN): 305670152
sh/xv 40011086 0262 7779 5010 0023 001
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi gʼaznachiligi Аmaliyoti
boshqarmasi x/r:23402000300100001010
MB BB XKKM Toshkent shahar.
MFO 00014 STIR (INN) 201122919

BIZNING MАNZIL

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston, 100011
Abdulla Q. №11
Ishonch telefoni:
(71) 244-94-64
Devonxona: (71) 244-94-60
Qabul kommissiyasi:
(71) 2449613
(71) 2445076
Buxgalteriya:
(71) 244-94-58
E-mail: info@iiau.uz

 

 

© 2019 iiau.uz. Designed by ZAKT KAFEDRASI. (+998) 71 244 00 42 All Rights Reserved,