Mustaqillik darslari davom etmoqda

Mustaqillik darslari davom etmoqda

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.

Darslarda yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi. 

Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email