Mas’uliyat va ishonch muborak, yosh lider!

Mas’uliyat va ishonch muborak, yosh lider!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, Toshkent shahridagi faol va tashabbuskor yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan  “Kelajak liderlari” klubi tashkil etilmoqda.

“Kelajak liderlari” klubi tashkil etish maqsadida 2 oy davomida 4 bosqichli tanlov o‘tkazilib, 652 nafar talabgor ichidan 50 nafar nomzod klub a’zoligiga tavsiya qilindi.

Mazkur nomzodlar orasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar” mutaxassisligi magistranti Nigora Latipova yuqori ballni qo‘lga kiritib, klub a’zoligiga qabul qilindi.

Tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida tajriba oshiradi hamda ish bilan ta’minlanadilar.


Print   Email