Ma’naviyat darslari

Ma’naviyat darslari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Shayxontohur tumani tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat soati” mavzusida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 

Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, Shayxontohur tumani hokimiyati mas’ullari, tuman Ichki ishlar organi shaxsiy tarkibi, imom-xatiblar ishtirok etdi.

Ikki qismda tashkil etilgan ma’naviyat darslarida “Shayx Xovand Tahur yodgorlik majmuasining Markaziy Osiyo madaniyatida tutgan o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Mazmunli o‘tgan dars yakunida tadbir ishtirokchilari Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email