Qabul 2021:: (+998) 71 244-50-76, 244-96-13 This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. :           

        

Akademiya talabasi “Ingliz tili fan olimpiadasi” g‘olibiga aylandi

Akademiya talabasi “Ingliz tili fan olimpiadasi” g‘olibiga aylandi

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika Yosh olimlar Kengashi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida Respublika miqyosida uch bosqichli “Ingliz tili fan olimpiadasi” tashkil etildi.

Yurtimizning turli burchaklaridagi umumta’lim maktab, akademik litsey o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

17 ming 800 nafar yigit-qiz ilm musobaqasining dastlabki bosqichida ishtirok etgan bo‘lsa, hal qiluvchi final bosqichiga eng yaxshi natija ko‘rsatgan 169 nafar ishtirokchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ishtirokchilar ingliz tili bilish darajasining speaking, writing, reading va listening ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Quvonarlisi, olimpiadaning mutloq g‘olibligi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” fakultetining 3-bosqich talabasi Ozodbek Botiraliyevga nasib etdi. G‘olibga mutasaddilar tomonidan sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati Ozodbek Botiraliyevning mazkur yutug‘i bilan chin dildan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email

Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REKVIZITLАR
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi
STIR(INN): 305670152
sh/xv 40011086 0262 7779 5010 0023 001
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi gʼaznachiligi Аmaliyoti
boshqarmasi x/r:23402000300100001010
MB BB XKKM Toshkent shahar.
MFO 00014 STIR (INN) 201122919

BIZNING MАNZIL

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston, 100011
Abdulla Q. №11
Ishonch telefoni:
(71) 244-94-64
Devonxona: (71) 244-94-60
Qabul kommissiyasi:
(71) 2449613
(71) 2445076
Buxgalteriya:
(71) 244-94-58
E-mail: info@iiau.uz

 

 

© 2019 iiau.uz. Designed by ZAKT KAFEDRASI. (+998) 71 244 00 42 All Rights Reserved,