Akademik litseyda yangi o‘quv yili yuqori kayfiyatda boshlandi

Akademik litseyda yangi o‘quv yili yuqori kayfiyatda boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida yangi 2021-2022-o‘quv yili munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ibrohim Usmonov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtor Nazirov, Akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Ibrohim Usmonov yig‘ilganlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. Аkademik litsey faxriy ustozi, arab tili fani o‘qituvchisi No‘monxo‘ja Usmonov ham so‘zga chiqib, barchaga ezgu tilaklarini bildirdi. Аkademik litsey direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sayyora Muxitdinova o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida Аkademik litsey direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Narimon Ibragimov barcha guruhlarda birinchi mashg‘ulotlar “Mustaqillik darslari” bilan boshlanishini taʼkidladi.

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtor Nazirov o‘zining tayyorlagan maʼruzalari va materiallari bilan “Mustaqillik darslari”ni olib bordi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

 


Print   Email