Xushxabar!  Olti nafar talaba — nufuzli xalqaro tashkilot stipendianti

Xushxabar! Olti nafar talaba — nufuzli xalqaro tashkilot stipendianti

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida zamon talablariga mos, diniy va dunyoviy bilimlar hamda xorijiy tillarni puxta egallagan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlab, jamiyatimiz rivoji uchun o‘zining salmoqli hissasini qo‘shmoqda.

Yurt ravnaqi, xalq osoyishtaligi va xalqaro miqyosda davlatimiz mavqeini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash Akademiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Bu borada Akademiya xalqaro tashkilotlar bilan muntazam hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelyapti.

Ana shunday tashkilotlardan biri bo‘lgan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom olami tashkiloti (ICESCO) tomonidan iqtidorli va salohiyatli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkilotning iqtidorli talabalarga mo‘ljallangan stipendiyalar tanlovida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining besh nafar talabasi taqdirlangani quvonchli voqea bo‘ldi.

Akademiyaning “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Durdona Mavlonova, “Islomshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabalari Asad A’zamov, Shamsuddin Fayziyev hamda Muhammadamin Ahmedov, 4-bosqich talabasi Muhiddin Tursunov, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti 3-bosqich talabasi Shahnoza Omonova nufuzli xalqaro ICESCO tashkilotining stipendiyasi g‘oliblariga aylandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ma’muriyati talabalarning mazkur yutuqlari bilan muborakbod etadi. Ularning kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab qoladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email