Ubaydulla Uvatov nomidagi maxsus stipendiya sovrindorlari aniqlandi

Ubaydulla Uvatov nomidagi maxsus stipendiya sovrindorlari aniqlandi

Akademiyada Ubaydulla Uvatov hayoti va ijodini o‘rganish, ilmiy faoliyatini tadqiq qilish hamda targ‘ib etish sohasida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantirish, ustoz-shogird an’anasiga asosan ilmiy maktab yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda “Ubaydulla Uvatov” nomidagi maxsus stipendiyasi tasdiqlanib, maxsus nizom ishlab chiqildi. Stipendiya tanlovi uchun Akademiya talabalari va magistrantlari tomonidan hujjatlar kelib tushdi. Yakunda ular orasidan eng munosiblari aniqlandi.

Shunga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ubaydulla Uvatov” nomidagi maxsus stipendiyaga nomzodlarni tavsiya etish xususida kengash majlisi bo‘lib o‘tgandi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islamov so‘zga chiqib, nomzodlar haqida so‘z yuritdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra “Islomshunoslik” fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Durdona Asadullayeva, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) ta’lim yo‘nalishi rus guruhi, 2-bosqich talabasi Visolaxon Eshonxo‘jayeva, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Kamola Yusupova stipendiya g‘oliblariga aylandi. 

“Ubaydulla Uvatov” nomidagi maxsus stipendiya bir yil davomida respublika hududida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida tayinlanadi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email