Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qimoqchi bo‘lgan Abituriyentlar diqqatiga!

Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qimoqchi bo‘lgan Abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni maqsad qilgan abituriyentlar https://iiau.uz/index.php/en-ca/qabul2021/ijodiy-imtihon-dasturi-2022 portali orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi zarur.

Bu jarayonda abituriyent ko‘rsatilgan hujjatlarining sifatli nusxasini (!) kompyuter yoki mobil aloqa vositasi orqali https://iiau.uz/index.php/en-ca/qabul2021/ijodiy-imtihon-dasturi-2022 portaliga yuklashi talab etiladi.
Hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishda barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik pasportiga ko‘ra rasmiylashtirilishi shart. Agarda ism, sharifingiz yoki qaysidir sana yoxud hujjat xato yuklansa, kompyuter tizimi avtomatik ravishda barcha axborotlarni rad etadi(!).
Ro‘yxatdan o‘tishda ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelganda Akademiyada tashkil etilgan Call center telefon raqamiga (Tel.: (71) 244-94-71) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Har bir to‘g’ri yuklangan ma’lumot bo‘yicha mas’ullar qayta aloqaga chiqadilar.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email