O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2022-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

2021-yil 7-iyul 17:00 holatiga ko‘ra, Akademiyaning www.admission.iiau.uz saytiga 1078 nafar abituriyentning hujjatlari qabul qilib olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga abituriyentlardan onlayn hujjat qabul qilishning dastlabki bosqich muddati — 2021-yilning 20-iyunidan 12-iyulga qadar uzaytirildi. Avvalroq, mazkur muddat joriy yilning 20-iyunidan 10-iyulga qadar etib belgilangan edi.

Bu nima degani?

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga hujjat topshirgan abituriyentlar ikki bosqichda sinovlarda ishtirok etishi belgilangan.

Abituriyentlar dastlabki bosqichda Akademiyaning www.admission.iiau.uz platformasida ro’yxatdan o’tgach, 14-16-iyul sanasida o'tadigan onlayn dastlabki imtihonlarda ishtirok etishi shart. 17-iyul kuni natijalar e'lon qilinib, dastlabki imtihondan 50 foizdan yuqori ball olgan yigit-qizlarning hujjatlari dtm.uz saytiga kiritiladi. 17-iyuldan 22-iyulga qadar bo'lgan muddat davomida mazkur abituriyentlar Davlat Test Markazining rasmiy dtm.uz sayti orqali istagan 5 ta oliy o’quv yurtlari orasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini ham tanlab, hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazishlari lozim.
Unutmang!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining dastlabki sinov-imtihonlarda ishtirok etmagan va belgilangan ballni to’plamagan abituriyentlar dtm.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tishda 5 tagacha tanlov oliy o’quv yurtlari orasida Akademiyani belgilay olmaydi.(!)

Ammo, abituriyent uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan boshqa istalgan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasasiga belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tib, DTM sinovlarida bilimlarini sinovdan o’tkazishga imkon ham, muddat ham yetarli bo’ladi.

“Call-markaz”ga murojaat qiling

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan. Fuqarolar ☎️ (71) 244-00-42, (71) 244-50-76, (71) 244-96-13, (71) 244-94-67, (71) 244-95-93) raqamlari bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

“Call-markaz” faoliyati dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha (13:00 dan 14:00 gacha tushlik vaqti) davom etadi.

Magistratura bosqichi uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Akademiyadagi ixtisosliklar bo‘yicha Magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish istagidagi abituriyentlar 2021-yilning 5-iyulidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining magistr.edu.uz elektron platformasi orqali masofaviy ro’yxatdan o’tkishi boshlangan.

Yana bir yangilik!

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bakalavr bosqichiga qabul hujjatlarini topshirish bilan bir qatorda Akademiya huzuridagi “Qur’oni Karim va tajvidni o‘rganish kurslari”ga ham hujjatlar qabuli boshlangan. Mazkur kurslarga tinglovchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

Mazkur kurslarda o‘qish istagidagi fuqarolar quyidagi ☎️(71) 244-94-70, (71) 244-35-26 telefon raqamlariga hamda “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.

Qabul jarayonlariga oid so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati


Print   Email