O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI ABITURIYENTLARI DIQQATIGA!

O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI ABITURIYENTLARI DIQQATIGA!

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun Akademiyaning rasmiy telegram kanali orqali ovozli chat formatida konsultatsiya o‘tkaziladi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlarning amaliy ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida “Chet tili” va “Ma’naviyat asoslari” fanlaridan joriy yilning 31-iyul – 1-avgust kunlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish muddatlari belgilangan.

Kasbiy (ijodiy) imtihonni o‘tkazish tartibi haqida abituriyentlarga to‘laqonli  ma’lumot berish maqsadida 30-iyul soat 15:00 da ovozli chat shaklida konsultatsiya o‘tkaziladi.

Barcha abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oladilar. Ovozli chatga Akademiyaning rasmiy https://t.me/iiau_official telegram kanali orqali bog‘lanish mumkin.

Eslatma: ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun ovozli chat muloqoti 30-iyul soat 17:00 da o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email