Mustaqillik shodiyonalari yuqori kayfiyat o‘tdi

Mustaqillik shodiyonalari yuqori kayfiyat o‘tdi

Mustaqillik bayrami xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyomi hisoblanadi. Har yili mazkur qutlug‘ sanani umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash an’anaga aylangan. Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bayram tadbirlari yuqori kayfiyat va shukuhda o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o‘z nutqida so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, diniy-ma’rifiy, ta’lim sohalariga bo‘lgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosda o‘z nufuziga ega bo‘lib, yurtimizdagi bunyodkorlik va jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy yuksalishida alohida o‘rin tutishini qayd etdi.

Shundan so‘ng Akademiyaning bir guruh faol professor-o‘qituvchilari hamda xodimlariga bayram munosabati bilan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tadbiri yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email