Diqqat e’lon!  Kasbiy (ijodiy) imtihonni o‘tkazish muddatlari belgilandi

Diqqat e’lon! Kasbiy (ijodiy) imtihonni o‘tkazish muddatlari belgilandi

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga kirish imtihonlari orasida “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlarning amaliy ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida “Chet tili” va “Ma’naviyat asoslari” fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish muddatlari belgilandi.

 
Kasbiy (ijodiy) imtihon tasdiqlangan dastur asosida o‘tkaziladi.

Belgilangan jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonga kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilmaydi va ular test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari abituriyentga imtihon topshirgandan so‘ng darhol ma’lum qilinadi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rasmiy saytida 24 soat ichida e’lon qilinadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon O'zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkaziladi.

Qabul jarayonlariga oid so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email