Diqqat! Abituriyentlarga eslatma!

Diqqat! Abituriyentlarga eslatma!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga dastlabki bosqichda abituriyentlarning onlayn hujjat topshirishi muddati 2021-yilning 20-iyunidan 12-iyulga qadar uzaytirildi. Avvalroq, mazkur muddat joriy yilning 20-iyunidan 10-iyulga qadar etib belgilangan edi.  

Hurmatli abituriyentlar!

Siz, Akademiyaning https://admission.iiau.uz/uzl portali orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan qo‘shimcha savollarga Akademiyada tashkil etilgan “Call-markaz” orqali batafsil javob olishmoqda.

2021-yil 6-iyul 17:00 holatiga ko‘ra, Akademiyaning www.admission.iiau.uz saytiga 865 nafar abituriyentning hujjatlari qabul qilib olindi.

Qabul jarayonlariga oid so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email