Bugun magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirishning so‘nggi kuni

Bugun magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirishning so‘nggi kuni

Bugun 30-iyul magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021/2022-o‘quv yili uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Hurmatli abituriyentlar!

Qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishni unutmang.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email