Akademiyada kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

Akademiyada kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik” o‘zbek guruhi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlarning amaliy ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida “Chet tili” va “Ma’naviyat asoslari” fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihon tasdiqlangan dastur asosida bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini quyidagi imtihon.edu.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. 

Imtihon jarayonlariga oid so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email