Akademiya talabasining she’rlari xorijda chop etildi

Akademiya talabasining she’rlari xorijda chop etildi

Turkiyada yurtimizning bir guruh ijodkorlarining she’r hamda adabiy maqolalari to‘plam shaklida chop etildi. Quvonarlisi, mazkur kitobda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sabina Xudoyqulovaning “Uyg‘onish”, “Jimjitlik”, “Isyon”, “Tong”, “Sizsizlik” kabi she’rlari ham o‘rin olgan.

“Ata yurdun ruzgari” (“Ota yurt shamoli”) deb nomlangan antologiyada Vatan, ota-ona, san’at, insoniy tuyg‘ular, adabiy jarayonlar kabi mavzular qalamga olingan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi yosh ijodkorni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Sabina Xudoyqulovaga ijodiy barkamollik, o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qoladi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email