Abituriyentlarga eslatma!

Abituriyentlarga eslatma!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2021-2022-o‘quv yili qabul jarayonida “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 31-iyul – 1-avgust kunlari “Ma’naviyat asoslari” va “Chet tili” fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan abituriyentlardan imtihonga kelish va unda ishtirok etish jarayonida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz:

– uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, hisoblash moslamalar, o‘quv qurollari, kitoblar, lug‘atlar, yozma qaydnomalardan foydalanish, shuningdek, o‘zlari bilan suv va yegulik olib kirish, imtihon materiallarini bir-biriga uzatish, ko‘chirish va boshqalarga yordam berish taqiqlanadi;

– tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan kuzatuvchi tomonidan belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va imtihondan chiqarib yuboriladi;

– ota-onalar imtihon jarayonlarini Akademiya sayti orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin;

– abituriyent bilan bir nafardan ko‘p bo‘lmagan oila a’zosi kelishi tavsiya etiladi;

– abituriyent imtihon hududi (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi)ga soat 06:30 ga qadar bo‘lishi talab etiladi.

Hurmatli abituriyentlar!

Mavjud tartib-qoidalar va yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilishlaringizni so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email