Abituriyentlar diqqatiga! Dastlabki imtihonda qanday ishtirok etiladi?

Abituriyentlar diqqatiga! Dastlabki imtihonda qanday ishtirok etiladi?

Dastlabki imtihon o‘tkazish shakli onlayn-masofaviy tarzda bo‘lib, imtihon https://test.iiau.uz/ sayti orqali o‘tkaziladi.

Bu jarayonda Abituriyent o‘ziga tegishli bo‘lgan login va parol orqali saytga kiradi.

Login va parol bu — abituriyentning o‘z passport yoki ID kartasining seriya hamda raqami hisoblanib, uni passportda ko‘rsatilganidek to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish zarur (!).

Eslatib o‘tamiz! Dastlabki imtihon 14-15-16-iyul kunlari onlayn-masofaviy tarzda bo‘lib o‘tadi. Shu kunlari sayt 24 soat davomida to‘liq ochiq bo‘lib, abituriyent o‘ziga qulay vaqtda Dastlabki imtihonda ishtirok etishi mumkin.

Dastlabki imtihon natijalari 17-iyul kun e’lon qilinadi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email