Mutaassiblikka qarshi moʻtadillik: ilohiyot uslublari

Mutaassiblikka qarshi moʻtadillik: ilohiyot uslublari

Navbatdagi ma’ruza darsi shu mavzuda bo‘ldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Ozarbayjon ilohiyot instituti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan Ozarbayjon ilohiyot instituti ilmiy tadqiqotchilari va magistrlari uchun onlayn ma’ruzalar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi video uchrashuvda Аkademiya huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi boshlig’i Jahongir Tohirov Ozarbayjon ilohiyot instituti talabalariga “Mutaassiblikka qarshi moʻtadillik: ilohiyot uslublari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Jahongir Tohirov ma’ruzasida mutaassib shaxsning qarashlarini ilohiyot jihatidan to‘g‘rilash uchun: uning bilim darajasini aniqlash va saviyasini o‘ziga ko‘rsatish, dunyoqarashini kengaytirish, “sarob” halokati va moʻtadillik, doimiy ziddiyatli vaziyatdan chiqarish, ijtimoiy mas’uliyatni singdirish, “takfir” va “xavorij” qarashlariga raddiya berish, dunyo va oxirat o‘rtasidagi muvozanat, hanafiya-moturidiya ta’limotini asosli targ‘ib qilish, buzg‘unchi diniy oqimlar va xorijiy da’vatchilar ta’siri ostidan chiqarish kabi uslubiy tavsiyalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng tinglovchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilishdi. Foydali va mazmunli o‘tgan seminar uchun ishtirokchilar tomonidan minnatdorlik bildirildi.

Onlayn ma’ruza darslari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email