Akademiyada xorijiy fuqarolar uchun imtihon o‘tkazildi

Akademiyada xorijiy fuqarolar uchun imtihon o‘tkazildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalar singari ta’lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar natijasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qishni istovchi xorijiy fuqarolarning soni tobora ortib bormoqda.

Ayni paytda Akademiyada milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida zamon talablariga mos, diniy va dunyoviy bilimlar hamda chet tillarni puxta egallagan yetuk mutaxassis kadrlar bilan qatorda xorijiy fuqarolarga ham zamonaviy o‘quv metodlari orqali saboq berib kelinmoqda.

Buning natijasida joriy yilda ham O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga xorijiy fuqarolar tomonidan katta qiziqish bildirilib, tahsil uchun hujjat topshirishdi. Shu munosabat bilan ularni Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha onlayn tarzda suhbat imtihoni o‘tkazildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, Akademiya rahbariyati hamda malakali professor-o‘qituvchilaridan iborat imtihon komissiyasi a’zolari abituriyentlar bilan suhbat imtihonini olib bordi.

Yakunda ularning eng munosiblari talabalikka tavsiya etildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email