Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro anjumanda ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligini nishonlash doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn vebinar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Vebinarda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri M.Haydarov — “Oilaviy munosabatlardagi muammolarning islomdagi yechimi”, mazkur kafedra dotsentlari S.Oqilov — “Abu Mansur Al-Moturidiy qarashlarida diniy bag‘rikenglik masalalari”, H.Sagdiev “Abu Ja'far Tahaviyning Al-Aqidatu-t-Tahaviyya asarining tavsifi va tahlili” nomli ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Anjuman davomida ma’ruzachilar Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 


Print   Email