Qozon federal universitetidan hamdardlik maktubi

Qozon federal universitetidan hamdardlik maktubi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi a’zolariga!

Qadrli hamkasblar!

Qozon Federal universiteti xodimlari hamda o‘z nomimdan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Sobirovich Qosimovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiraman.

Bolgar islom akademiyasidan hamdardlik maktubi

Bolgar islom akademiyasidan hamdardlik maktubi

Qadrli hamkasblar! Sizlarga tinchlik, Allohning rahmati va Uning cheksiz ne’matlari yor bo‘lsin!

Bolgar islom akademiyasining butun fakulteti va shaxsan o‘zimning nomimdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, hurmatli do‘stimiz, akademiyaning hamkori, ajoyib inson Rustam Sobirovich Qosimovning 65 yoshida vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiraman.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazidan hamdardlik maktubi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazidan hamdardlik maktubi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasiga!

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Sobirovich Qosimovning bevaqt vafoti munosabati bilan jamoangizga va marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

TA’ZIYANOMA

TA’ZIYANOMA

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 5210200-"Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)" yoʻnalishi 2-kurs talabasi Aʼzamjonov Muhammadrizo Shuhrat oʻgʻlining avtohalokat oqibatida vafot etgani munosabati bilan oila aʼzolariga Akademiya jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Alloh taolo o‘tganlarning oxiratini obod qilsin!

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi.