Qabul 2021:: (+998) 71 244-50-76, 244-96-13 This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. :           

        

Misr Bosh imomi – Shayx Ahmad at-Toyyib

Misr Bosh imomi – Shayx Ahmad at-Toyyib

PRESS-RELIZ

11 oktyabr 2018 yil

Misr Bosh imomi – Shayx Ahmad at-Toyyib boshchiligidagi al-Azhar majmuasi vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya yurtimizga safarini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif bilan boshladi.

Dunyo xalqlarining tinchligi va barqarorligiga mas’ul bo‘lgan tuzilma – Birlashgan millatlar tashkilotining 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islom, eng avvalo, insonparvarlik dini ekanini ta’kidlar ekan, ta’lim olish huquqining ta’minlanishi, savodsizlik va jaholatga barham berishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”, deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifini ilgari surgan edi.

Ayni paytda, ushbu taklif jahon miqyosida keng qo‘llab-quvatlanmoqda. Shu ma’noda, islom olimlarining o‘zaro birlashishi, hamkorlik qilishi bashariyat uchun g‘oyat muhimdir. Respublikamizda esa, bu borada amaliy qadamlarning tashlanganiga ancha bo‘ldi.

O‘zbekiston va Misr mamlakatlari uzoq yillardan buyon ta’lim sohasi bo‘yicha mustahkam asoslarga ega bo‘lgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini izchil tarzda rivojlantirib kelmoqda. Misrning faxri, islom olamining ilmiy markazlaridan biri – bir ming ikki yuz ellik yilga yaqin tarixga ega bo‘lgan al-Azhar majmuasi jahondagi ham diniy, ham dunyoviy yo‘nalishlar borasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasasidir.

Dunyoga mashhur ulamolardan biri, Misr Bosh imomi – Shayx Ahmad at-Toyyib falsafa va islom huquqi bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar, tarjimalar va maqolalar muallifidir.

Shayx Ahmad at-Toyyibning nafaqat shar’iy, balki dunyoviy masalalar bo‘yicha qarashlari ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro hamjamiyat u zotni xotin-qizlar huquqining faol himoyachilaridan biri sifatida tan oladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lgan muloqot chog‘ida Shayx Ahmad at-Toyyibning ushbu xizmatlariga ehtirom tariqasida akademiyaning faxriy professori unvoni topshirildi.

Bosh imom rahnamoligida O‘zbekiston va Misr aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki xalqni do‘stona rishtalar bilan yanada yaqinlashtirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va al-Azhar universiteti o‘rtasida hamkorlik va hamfikrlikni o‘zida mujassam etgan Anglashuv Memorandumlari imzolandi.

Tomonlar ta’lim berish uchun al-Azhar universitetining pedagog kadrlarini jalb etish, akademiya o‘qituvchilarining arab tili bo‘yicha malakasini oshirish, treninglar va mahorat darslari tashkil etish, Islom dini doirasidagi muammolarni davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar ko‘rinishida ilmiy jihatdan tahlil qilish va boshqa masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi matbuot xizmati

Sayt: www.iiau.uz, email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it., Telefon: +99871 244-00-65


Print   Email

Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REKVIZITLАR
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi
STIR(INN): 305670152
sh/xv 40011086 0262 7779 5010 0023 001
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi gʼaznachiligi Аmaliyoti
boshqarmasi x/r:23402000300100001010
MB BB XKKM Toshkent shahar.
MFO 00014 STIR (INN) 201122919

BIZNING MАNZIL

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston, 100011
Abdulla Q. №11
Ishonch telefoni:
(71) 244-94-64
Devonxona: (71) 244-94-60
Qabul kommissiyasi:
(71) 2449613
(71) 2445076
Buxgalteriya:
(71) 244-94-58
E-mail: info@iiau.uz

 

 

© 2019 iiau.uz. Designed by ZAKT KAFEDRASI. (+998) 71 244 00 42 All Rights Reserved,