Oʻzimizni isloh qilish uchun “Taʼvilot al-Qurʼon”ga juda muhtojmiz!

Oʻzimizni isloh qilish uchun “Taʼvilot al-Qurʼon”ga juda muhtojmiz!

YUSUF SHAVQIY – Turkiyalik ilohiyotshunos olim, professor:

“Taʼvilot al-Qurʼon” asari kishini chuqur mushohada yuritishga undaydi. Bugungi kunda biz, yaʼni, islom ummati qoʻlimizda shunday bir kitob boʻla turib taqlid yoʻliga oʻtib ketdik. Bugun biz oʻzimizni isloh qilish uchun Imom Moturidiy asarlariga, jumladan, “Taʼvilot al-Qurʼon”ga juda muhtojmiz. Chunki, moturidiy­lik taʼlimotida ijtihod masalasi, insonning aqlga tayanishi, tafak­kur yuritishi juda ham muhim hisoblanadi. Taqlid qilish, boshqalarga koʻr-koʻrona ergashish esa keskin qoralanadi. Tafakkur – millat kelajagining asosidir.

Dunyoviylik taraqqiyot asosi

Dunyoviylik taraqqiyot asosi

Bugungi kunda davlat va dinning o‘zaro aloqasi masalasi zamonaviy ilm-fanning eng murakkab va dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tarixdan ma’lum har qanday davlat qurilishida din har doim faol ishtirok etgan. Davlat va konfessiyalararo munosabatlar tarixi ziddiyatlarga to‘la. Davlat va din azaldan o‘zaro bog‘liq bo‘lib kelgan, ularning o‘zaro munosabatlari jamiyatga ta’sir qiladi va shaxsiy hamda jamoat manfaatlariga hissa qo‘shadi.

Milliylikka tahdid — millatga tahdid

Milliylikka tahdid — millatga tahdid

Bugungi kunda ikki yuzga yaqin davlatlarda 1600 dan ortiq turli millat va elatlar yashab kelmoqda. Ularning har biri o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtni vatan deb biladi va har bir qarich yerini ardoqlaydi. Tabiiyki, bunday tuyg‘u insonga ona qornidan singadi. Chunki bola onasining bag‘rini o‘ziga dastlabki vatan sifatida qabul qiladi. Dunyoga kelgach esa, o‘sha zaminini vatan deb biladi. Shu sabab ham insonning tug‘ilib o‘sgan yeri ona bilan tenglashtirilib, “ona vatan” deya qadrlanadi.

Dunyoviylik — dinsizlik emas

Dunyoviylik — dinsizlik emas

MA’RIFAT

Bugungi kunda turli mutaassib kuchlar tomonidan diniylik va dunyoviylik nisbati buzib talqin qilinib, davlatga oid dunyoviy ishlardan dinni ajratish axloqsiz jamiyat qurishga olib kelishi haqidagi noxolis da’volar tobora ko‘proq yangramoqda.

Musulmonlarning dunyoviy davlatda yashashi ilmiy isbot talab qilmaydi. Nafaqat Gʻarbiy Yevropa, Amerika yoki Avstraliyadagi aholining ozchiligini tashkil qiluvchi musulmonlar, aholisining mutlaq ko‘pchiligi musulmonlardan iborat Turkiya, O‘zbekiston tajribasi ham shundan dalolat beradi. Vijdon erkinligi xalqaro miqyosda barcha demokratik tizimlarda kafolatlangan va inson huquqlariga oid xalqaro deklaratsiyada belgilab qo‘yilgan muhim huquq hisoblanadi. Demokratik nazariya, bir tomondan, dinni undan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinishlardan saqlaydi, boshqa tomondan esa, uni mutaassiblik va jaholatda ayblashlardan himoya qiladi.

Diniy ta’lim borasida batafsil ma’lumotga egamizmi? Davomi....

Diniy ta’lim borasida batafsil ma’lumotga egamizmi? Davomi....

3. Aholining kundalik hayotidagi diniy ehtiyojlarini qondirish uchun kerak bo‘ladigan diniy ta’lim

Mavjud qonunchiligimizga nazar tashlasak, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi, deb belgilab qo‘yilganini ko‘ramiz.

Imom Moturidiy ahli sunna val jamoaning buyuk ulamolaridan biri

Imom Moturidiy ahli sunna val jamoaning buyuk ulamolaridan biri

HAMZA BAKRIY – Ibn Xaldun universiteti oʻqituvchisi (Iordaniya):

“Taʼvilot al-Qurʼon” kitobi bu – Qurʼoni karimning tafsiri boʻlib, unda Qurʼoni karimning barcha oyatlari tafsiri keltirilgan. Muallif bu asarda Qurʼon oyatlarini jamiyatning ushbu fanda mutaxassis boʻlgan va boʻlmagan toifaciga birdek munosib keladigan uslubda tafsir qilgan. Yaʼni, Imom Moturidiy qoʻllagan iboralar har ikki toifa insonlar uchun ham manfaatlidir.