Diqqat e’lon!

Diqqat e’lon!

Abituriyentlarga onlayn hujjat topshirish bo‘yicha ko‘rsatma

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirishni maqsad qilgan abituriyentlar 2021-yilning 20-iyunidan 10-iyulga qadar https://admission.iiau.uz/uzl portali orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi zarur.

Bu jarayonda abituriyent ko‘rsatilgan hujjatlarining sifatli nusxasini uyda turgan holda(!) kompyuter yoki mobil aloqa vositasi orqali https://admission.iiau.uz/uzl portaliga yuklash talab etiladi.

Hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishda barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik pasportiga ko‘ra rasmiylashtirilishi shart. Agarda ism, sharifingiz yoki qaysidir sana yoxud hujjat xato yuklansa, kompyuter tizimi avtomatik ravishda barcha axborotlarni rad etadi(!).

Ro‘yxatdan o‘tishda ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelganda Akademiyada tashkil etilgan Call center va konsultatsiya xonasining  telefon raqamlariga (Tel.: (71) 244-00-42, (71) 244-50-76) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 


Print   Email