Boloniya jarayoni va mobillik markazi stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Boloniya jarayoni va mobillik markazi stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi qoshidagi Boloniya jarayoni va mobillik markazi 2021-2022 o‘quv yilida mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr, magistrlik va doktorlik darajasi bo‘yicha stipendiyalar tanlovini e’lon qildi.

Ushbu dastur xorijiy talabalarga Qozog‘istonning oliy ta’lim muassasasida bakalavr, magistratura va doktoranturada gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, muhandislik, ko‘p tarmoqli tadqiqotlar hamda ta’lim va ilm-fan kabi yo‘nalishlarda tahsil olish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, mazkur stipendiya va grantlar respublika oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvchi hamda talabalar uchun  mo‘ljallangan.

Nomzodlar yuqorida keltirilgan stipendiyalar dasturida ishtirok etishlari uchun barcha zarur hujjatlar va arizalarni 2021-yil 20-iyul kuniga qadar onlayn tarzda This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga taqdim etishlari zarur.

Ushbu dasturda ishtirok etishni istaganlar Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Telefon: +998 71 244-95-93

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email