Matibayeva Raziya Baltabayevna

Matibayeva Raziya Baltabayevna

2021-yil 8-iyul kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli kengash majlisida  Matibayeva Raziya Baltabayevnaning “IX-XIV asrlarda Markaziy Osiyoda islom qadriyatlarining milliy urf-odatlar bilan uyg‘unlashuvi (Abu Hanifaga oid “Manoqib” va “Musnad” asarlar asosida)” mavzusidagi 24.00.01 – Islom tarixi manbashunosligi ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha fan doktori (DsC) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Diqqat e’lon!

Diqqat e’lon!

Abituriyentlarga onlayn hujjat topshirish bo‘yicha ko‘rsatma

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirishni maqsad qilgan abituriyentlar 2021-yilning 20-iyunidan 10-iyulga qadar https://admission.iiau.uz/uzl portali orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi zarur.

Bu jarayonda abituriyent ko‘rsatilgan hujjatlarining sifatli nusxasini uyda turgan holda(!) kompyuter yoki mobil aloqa vositasi orqali https://admission.iiau.uz/uzl portaliga yuklash talab etiladi.

Hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishda barcha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik pasportiga ko‘ra rasmiylashtirilishi shart. Agarda ism, sharifingiz yoki qaysidir sana yoxud hujjat xato yuklansa, kompyuter tizimi avtomatik ravishda barcha axborotlarni rad etadi(!).

Ro‘yxatdan o‘tishda ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelganda Akademiyada tashkil etilgan Call center va konsultatsiya xonasining  telefon raqamlariga (Tel.: (71) 244-00-42, (71) 244-50-76) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati 

Boloniya jarayoni va mobillik markazi stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Boloniya jarayoni va mobillik markazi stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi qoshidagi Boloniya jarayoni va mobillik markazi 2021-2022 o‘quv yilida mazkur davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr, magistrlik va doktorlik darajasi bo‘yicha stipendiyalar tanlovini e’lon qildi.

Ushbu dastur xorijiy talabalarga Qozog‘istonning oliy ta’lim muassasasida bakalavr, magistratura va doktoranturada gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, muhandislik, ko‘p tarmoqli tadqiqotlar hamda ta’lim va ilm-fan kabi yo‘nalishlarda tahsil olish imkoniyatini beradi.

Abituriyentlar diqqatiga: Sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, “Call-markaz”ga murojaat qiling!

Abituriyentlar diqqatiga: Sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, “Call-markaz”ga murojaat qiling!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan.

Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium

Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium

2021-yil 16-iyunda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium onlayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.