Hujjat topshirish tartibi

Bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun o‘qishga hujjat topshirishning umumiy tartibi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.

 

Chet el fuqarolari akademiyaning Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

Bakalavriat

1.  Ariza;

2. Mavjud fuqarolik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida  istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport nusxasi;

3.  3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi rasm (6 dona)

4. O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi / shahodatnomasi (sertifikat);

5. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o‘zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;

6. O‘rnatilgan tartibdagi tibbiy ma’lumotnoma.

 

Magistratura

1.  Ariza;

2. Mavjud fuqarolik passport yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi  pasport nusxasi;

3.  3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi rasm (6 dona)

4. Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan hujjat;

5. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o‘zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;

6.  O‘rnatilgan tartibdagi tibbiy ma’lumotnoma.

 

Doktorantura

PhD

1.  Ariza;

2. Mavjud fuqarolik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport nusxasi;

3.  3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi rasm (6 dona)

4. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);

5. Oliy ta’lim muassasasi bakalavr, magistraturasi diplomi;

6.  Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

7. Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi.

DSc

1. PhDga topshiriladigan hujjatlar

2. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

 

  • Xorijiy fuqarolar suhbat asosida qabul qilinadi.

  • Xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

  • O‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.

 

Hujjatlarni elektron shaklda quyidagi manzillardan biriga yuborishingiz mumkin:

     1.  +998 90 934 69 64 (Whatsapp, Telegram)

     2.  E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi telefon raqami:

+99871 2449593


Print   Email