Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori faoliyati haqida
MA’LUMOT

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar, ilm-fan va ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining oliy ta’lim sohasiga oid Qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, qarorlari, me’yoriy hujjatlarining ijro etilishi, shuningdek, Akademiya rektori buyruqlari, qarorlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Mazkur sektor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi 5416-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, xorijiy tillar (arab, fors, urdu, turk va b.), dinshunoslik va xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan boshqa sohalarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari asosida qabul qilingan fan tarmoqlari va ixtisosliklari bo‘yicha Akademiyada tayanch doktarantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilar instituti tashkil etilgan va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi yo‘lga qo‘ygan.

Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida

24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi”,

24.00.02 – “Qur’onshunoslik, hadisshunoslik”,

24.00.03 – “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot”,

24.00.04 – “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi”,

07.00.04 – “Dinshunoslik” ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (Dsc) va falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olishga yo‘naltirilgan – doktorantura va tayanch doktorantura oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti joriy etilgan. Ushbu ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik instituti ham faoliyati yuritmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotganlarning umumiy soni 59 kishini tashkil etadi. Shulardan 2 nafari doktorant, 30 nafari tayanch doktorant va 27 tasi mustaqil izlanuvchi hisoblanadi. Barcha doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlari va ilmiy rahbarlari tasdiqlangan. Ular o‘z ixtisosliklari va ilmiy ishlari mavzularidan kelib chiqib, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi”, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO”, “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO”, “Islom tarixi va manbashunosligi” va “Islomshunoslik” kafedralariga biriktirilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini 2018-yilda 2 nafar falsafa doktori (PhD) izlanuvchisi bitirdi. 2017-yilda 3 nafar falsafa doktori (PhD) izlanuvchisi bitirdi. Shulardan 2018-yilda 1 nafari falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qildi. 2016-yilda esa 1 nafar doktorant (DSc), 2 nafar falsafa doktori (PhD) tadqiqotchisi bitirdi. Shulardan 1 nafar doktorant (DSc) 2017-yilda dissertasiya himoya qildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktorant va mustaqil tadqiqotchilari o‘z faoliyatlarini quyidagi ilmiy-tadqiqot institut va markazlarida davom ettiradilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Mir Arab oliy madrasasi, Tasavvuf ilmi maktabi, Fiqh ilmi maktabi, Aqida ilmi maktabi, O‘zXIA malaka oshirish markazi viloyat filiallari.

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori


Print   Email

Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REKVIZITLАR
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi
STIR(INN): 305670152
sh/xv 40011086 0262 7779 5010 0023 001
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi gʼaznachiligi Аmaliyoti
boshqarmasi x/r:23402000300100001010
MB BB XKKM Toshkent shahar.
MFO 00014 STIR (INN) 201122919

BIZNING MАNZIL

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston, 100011
Abdulla Q. №11
Ishonch telefoni:
(71) 244-94-64
Devonxona: (71) 244-94-60
Qabul kommissiyasi:
(71) 2449613
(71) 2445076
Buxgalteriya:
(71) 244-94-58
E-mail: info@iiau.uz

 

 

© 2019 iiau.uz. Designed by ZAKT KAFEDRASI. (+998) 71 244 00 42 All Rights Reserved,