Nashriyot-matbaa birlashmasi

2000-yil universitet Ilmiy Kengashi qarori asosida “Toshkent islom universiteti” nashriyoti tashkil etilgan. 2003-yildan e’tiboran davlat ta’lim standartlari yangi tamoyillariga mos zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar va darsliklar, diniy-ma’rifiy kitoblar yaratish maqsadida “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasiga aylantirilgan. 2006-yilda moddiy texnik baza boyitilib, “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasida bosmaxona ishga tushirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi 5416-son Farmoni asosida Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgan. Shu asosida “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasiga o‘zgartirilgan. Hozirgi kunda nashriyot-matbaa birlashmasida 15 nafar xodim ahil jamoa bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Ilmiy, o‘quv, darslik, diniy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar nashrga tayyorlanib, chop etilmoqda.

“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi o‘tmishiga  bir nazar tashlasak, o‘tgan davr davomida Akademiya olimlarining bibliografik ocherklari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilarning ilmiy ishlar to‘plamlari, qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom fiqhi (huquqi) va aqoidi (kalom) nazariyasi kabi islomshunoslikka oid diniy, falsafiy hamda tarixiy mavzulardagi asarlar, shuningdek, tarjima qilingan asarlar ham  nashr etilgan.

Jumladan, A.Mansurov tomonidan arab va o‘zbek tillarida tayyorlangan “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri”, “Islom ziyosi – o‘zbegim siymosida” kitobi, A.Jo‘zjoniyning “Marg‘inoniy va uning izdoshlari”, “Islom huquqshunosligi. Hanafiy mazhabi O‘rta Osiyo faqihlari” asarlari, professor A.Hasanovning “Qadimgi Arabiston va ilk islom: Johiliyat asri”, Z.Islomovning “Muqaddamat ul-adab” (manbashunoslik tahlili), “Muqaddamat ul-adab” matni (Mahmud Zamaxshariy asari), “Adab ilmining durdonasi”, R.Obidovning “Qur’on va tafsir ilmlari”, N.Muhamedovning “Shosh vohasi olimlarining ilmiy-ma’naviy merosi” kabi ilmiy risola va adabiyotlar nashr qilingan.

Qolaversa, professor U.Uvatovning tarjimasi asosida Abdusalom al-Muborakfuriyning “Imom Buxoriy” asari chop etilgan.

Ayni paytda “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi moddiy-texnik bazasi, ishlab chiqarish resursi bo‘yicha respublikamizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalari nashriyotlari oldidagi eng katta va yetakchi nashriyot hisoblanadi. Shu bois, boshqa bir qator katta nashriyotlar bilan raqobatbardoshligini oshirish maqsadida samarali loyihalar ustida ishlanmoqda.

 

Print   Email

Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REKVIZITLАR
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi
STIR(INN): 305670152
sh/xv 40011086 0262 7779 5010 0023 001
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi gʼaznachiligi Аmaliyoti
boshqarmasi x/r:23402000300100001010
MB BB XKKM Toshkent shahar.
MFO 00014 STIR (INN) 201122919

BIZNING MАNZIL

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston, 100011
Abdulla Q. №11
Ishonch telefoni:
(71) 244-94-64
Devonxona: (71) 244-94-60
Qabul kommissiyasi:
(71) 2449613
(71) 2445076
Buxgalteriya:
(71) 244-94-58
E-mail: info@iiau.uz

 

 

© 2019 iiau.uz. Designed by ZAKT KAFEDRASI. (+998) 71 244 00 42 All Rights Reserved,