Ko‘p beriladigan savollar

“Dastlabki imtihon” qanday imtihon?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yilning 5-iyun kuni “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 358-sonli qarori qabul qilindi. Unga muvofiq O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibi takomillashtirildi.

Mazkur hujjat asosida tasdiqlangan yangi tartibdagi Nizomga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Akademiyaning bakalavriatiga o‘qishga kirishda abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan o‘tish tartibi joriy etildi.

“Dastlabki imtihon” qachon va qanday shaklda o‘tkaziladi?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topshirishni maqsad qilgan abituriyentlar 2021-yilning 20-iyunidan 10-iyuliga qadar https://admission.iiau.uz/uzl portali orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi zarur.

Dastlabki imtihon akademiya hududida 2021-yilning 10-iyuldan – 15-iyulgacha soat 9.00 dan – 18.00ga qadar muddatda bo‘lib o‘tadi.

“Dastlabki imtihon”da qaysi fandan savollar beriladi?

Dastlabki imtihonda har bir abituriyentning intellektual darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan – mantiqiy fikrlash bo‘yicha savollar beriladi.

Mantiqiy fikrlash darajasi hissiyotlar va intuitsiya bilan emas, balki ratsional bilish qobiliyati bilan belgilanadi. Ratsional bilish qobiliyati – intellekt IQ (intelligence Quotient) testlari orqali aniqlanadi.  IQ testlari natijasi yoshlarning turli murakkablikdagi masalalarning yechimini topish qobiliyatini aniqlabgina qolmay, o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlash va fanlarni o‘zlashtirishda alohida iqtidori haqida ham axborot beradi.

“Dastlabki imtihon”dan o‘tish balli qanday belgilanadi?

Ushbu imtihon natijalari talabalikka talabgorning kirish imtihonlari keyingi bosqichi – Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari)ga o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinishini belgilaydi.

Dastlabki imtihonda har bir abituriyentga intellektual darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan – mantiqiy fikrlash bo‘yicha savollar beriladi.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlarida “Ijodiy imtihon” o‘tkaziladi?

“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Ma’naviyat va ma’rifat hamda chet tilidan savollar beriladi.

“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarda boshqa ta’lim muassasalarini qo‘shimcha sifatida tanlash imkoniyati bo‘lmaydi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonda to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball nechi?

Ma’naviyat asoslari (50 ball), Chet tili (43 ball) jami 93 ball;

Javoblar varaqasi nima?

Javoblar varaqasi bu test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat.

Test topshiriqlari kitobi nima?

Test topshiriqlari kitobi belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami.

Test sinovlari necha kun, necha smenada va boshlanish vaqti to‘g‘risida ma’lumot bering?

Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun 25-iyuldan 20-avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 07:00 da, ikkinchi smena soat 14:00 da boshlanadi.

Abituriyent test sinovlariga qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. Abituriyent test sinoviga qatnashish vaqti va kunini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ham bilib olishi mumkin.

Abituriyent agar test sinovlariga kechikib qolsa, boshqa biror kun va vaqt ajratilishi mumkinmi?

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

Abituriyentlarga beriladigan savollar nimaga asoslanib tuziladi?

Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Abituriyentlarga beriladigan test topshiriqlari kitobida nechta fandan test topshiriqlari bo‘ladi?

Abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki ikkita fan majmuasi bo‘yicha test sinovini va majburiy uchta – O‘zbekiston tarixi, Ona-tili va matematika fanlaridan test topshiradi.

Abituriyentlarning test natijalari qachon va qanday tartibda e’lon qilinadi?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

Abituriyentlarning test topshiriqlari qayerlarda o‘tkaziladi?

Test sinovlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa – olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi. 

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori bo‘lgan) to‘g‘risidagi sertifikatga ega abituriyentlar qanday imtiyozlar beriladimi?

Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani (ingliz, fransuz, nemis) kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.

Qanday holda hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi?

Test sinovlari o‘tkaziladigan xududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilganda, olib kirganda yoki ulardan test sinovlari davomida foydalanganda; test materiallarini boshqa abituriyentga uzatganda yoki ularga yordam berganda; test materiallarini binodan tashqariga olib chiqqanda, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtganda; test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortganda; test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmagan holatlar abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.

Abituriyent test sinovlari natijasidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya shikoyatini berish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 20-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘nbir kalendar kuni ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarorining 1-ilovasidagi Nizomga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Abituriyentga apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi. Apellyatsiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.


Print   Email