Qabul 2021:: (+998) 71 244-50-76, 244-96-13 This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. :           

        

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Akademiyada talaba-yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, o‘quv yurtida o‘z kasbini yuksak darajada egallagan yetuk mutaxassislar bilan bir qatorda, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ishlarini jonlantirish maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Bundan asosiy maqsad – respublikaning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

Akademiyada Ma’naviyat va ma’rifat hamda Murabbiylar kengashlari faoliyat olib boradi. Kengashlar professor-o‘qituvchilar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida milliy g‘oya va mafkuraga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi shaxslarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Shuningdek, bo‘lim  turli oliy o‘quv yurtlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular bilan birgalikda turli uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ilmiy va intellektual musobaqalar, konferensiyalar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, birgina 2018-2019 o‘quv yilining o‘tgan davri mobaynida Akademiya professor-o‘qituvchi va xodimlarini jalb etgan holda Respublikadagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, dinlararo totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, ularni diniy aqidaparastlik va ekstremizm xataridan himoya qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosati va hukumat topshiriqlarini hayotga izchil tatbiq etish bo‘yicha jami 400 dan ortiq uchrashuv, seminar, davra suhbatlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda aholining 35 mingdan ziyodi qamrab olindi.

Bo‘lim tomonidan Akademiya talabalarining “Ziyo maskani” gazetasini nashr etish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalar turli mavzularda o‘zlarining publitsistik, ilmiy va  she’riy materiallarini berib boriladi.


Print   Email

Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REKVIZITLАR
Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi
STIR(INN): 305670152
sh/xv 40011086 0262 7779 5010 0023 001
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi gʼaznachiligi Аmaliyoti
boshqarmasi x/r:23402000300100001010
MB BB XKKM Toshkent shahar.
MFO 00014 STIR (INN) 201122919

BIZNING MАNZIL

Manzil: Toshkent, O‘zbekiston, 100011
Abdulla Q. №11
Ishonch telefoni:
(71) 244-94-64
Devonxona: (71) 244-94-60
Qabul kommissiyasi:
(71) 2449613
(71) 2445076
Buxgalteriya:
(71) 244-94-58
E-mail: info@iiau.uz

 

 

© 2019 iiau.uz. Designed by ZAKT KAFEDRASI. (+998) 71 244 00 42 All Rights Reserved,