Zulfiyaxonim qizlari dastlabki bosqich g‘olibi

Zulfiyaxonim qizlari dastlabki bosqich g‘olibi

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash tanlovining Shayxontohur tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli qizlar san’at, fan, madaniyat, ta’lim, sport, adabiyot va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ishtirokchi qizlar bilan bevosita suhbat olib borilib, munosib nomzodlar tanlab olindi.

Quvonarlisi, tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalari Nigina Botirova fan, Durdona Shokirova esa jamoatchilik faoliyati yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email